“Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida yo‘nalish majlislari o‘tkazilmoqda

Mazkur konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’lim jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ularning samaradorligini oshirish hamda sohada raqamli transformatsiya jarayonlarini takomillashtirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarishdan iboratdir.
📌Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo'lib o'tmoqda:
🔹 Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar: o‘qitishda zamonaviy usullar va ularning samaradorligi; 
🔹Raqamli ta’lim resurslari va platformalar: LMS tizimlari, onlayn kurslar va elektron darsliklar; 
🔹 Ta’limda sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar: sun’iy intellekt asosida adaptiv o‘qitish tizimlari; 
🔹 Dizayn va axborot texnologiyalari: grafika va multimedia dizayni orqali ta’lim samaradorligini oshirish.
Konferensiya majlislarida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari vakillari, nufuzli ilmiy markazlar olimlari va malakali mutaxassislar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etilmoqda.