2025-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan videokonferensiyada Renessans ta’lim universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, tegishli bo‘lim boshliqlari va xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda guruh murabbiylari ishtirok etdilar. Ular ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot olib borishdi. Unda “Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari” mavzusidagi uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida yoshlar orasida psixofaol moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish, samarali profilaktika mexanizmlarini joriy etish hamda bu boradagi dolzarb muammolarni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari ushbu masalada ta’lim muassasalarining roli va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflar bildirdilar.