Talabalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o'tmoqda

Talabalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o'tmoqda

Joriy yilning 13-dekabr kuni Renessans ta’lim universiteti talabalar turar joyida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Universitet talabalari nafaqat bilim olishda, balki sportda ham faol ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi. 
Musobaqa talabalarning nafaqat sportga bo‘lgan qiziqishini oshirdi, balki ularni yanada jipslashtirib, yangi do‘stlik aloqalarini mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi. 
 
Shuningdek, talabalar turar joyida sport tadbirlaridan tashqari ijodiy uchrashuvlar va turli madaniy tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilishi talabalar hayotini mazmunli va qiziqarli o‘tkazishga katta hissa qo‘shmoqda. 
“Biz uchun har bir talabaning ham bilim olish, ham shaxsiy rivojlanishi muhim. Bunday tadbirlar ularning dunyoqarashini boyitishda yordam beradi,” – deydi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akbar Eshmurodov. 
 
Renessans ta’lim universiteti talabalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda. Har hafta o‘tkaziladigan madaniy va ijodiy tadbirlar, sport musobaqalari orqali talabalar nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishmoqda, balki o‘zlarining iste’dodlarini ham namoyon etmoqda.