Talabalar uchun “Sarvqomat Dilbarim” badiiy filmi namoyish etildi

Talabalar uchun “Sarvqomat Dilbarim” badiiy filmi namoyish etildi

Renessans ta’lim universiteti faollar zalida Xorijiy filologiya kafedrasi tomonidan Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) va Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) 1-bosqich talabalari uchun Chingiz Aytmatovning asari asosida suratga olingan “Sarvqomat Dilbarim” filmining namoyishi o‘tkazildi. 
 
Ushbu film Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan O‘zbek va Qirg‘iz kinoijodkorlari hamkorligida, o‘zbekistonlik rejissor Sarvar Komilov tomonidan suratga olingan.
 
Film namoyishidan oldin talabalar bilan asar hamda uning yozuvchisi xususida qisqacha davra suhbati o‘tkazildi.