Renessans ta’lim universiteti Filologiya va tarix fakultetida “Komil inson + Mahoratli mutaxassis = Shaxs” formulasi asosida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitetning Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi mudiri Matluba Shodiyeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti dotsenti Charos Mirxoliqova shaxsiy va kasbiy rivojlanish sirlari bilan bo‘lishdi.
Seminar davomida qiziqarli mashg‘ulotlar, interaktiv o‘yinlar va savol-javoblar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kundalik hayot va kasbiy faoliyatda duch keladigan turli vaziyatlarga yechim topish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladi.
Bunday seminarlar shaxsiy rivojlanish, muloqot ko‘nikmalari va jamoaviy ishlashdagi professionallikni yanada oshirishga xizmat qiladi.