RTU delegatsiyasi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida bo‘lishdi

RTU delegatsiyasi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida bo‘lishdi

Renessans ta’lim universiteti va Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida joylashgan universitetlar bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda. Xususan, aprel oyida Shinjon hukumati  Fan va texnologiyalar boshqarmasi boshchiligida, Xitoyning 28 ta avtonom viloyatlari va munitsipalitetlaridan 36 nafar katta muhandislar, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi mutaxassislari, shuningdek, universitet rektorlari va professorlaridan tarkib topgan  ilmiy-texnik delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida, Renessnas ta’lim universitetida ham bo‘lishgan edi va o‘sha paytda Shinjon texnologiya universiteti va Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi va kelishuv doirasida “Xalqaro ta’lim o‘qitish markazi” ochilgan edi.

Bu safar esa Renessans ta’lim universiteti delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyurdi va Urumchi professional universiteti bilan memorandum imzoladi. Bu shuni anglatadiki, hamkorlik doirasida tomonlar hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qilishdi. Unga ko‘ra talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi orqali hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro xohish bildirildi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, darslik va oʻquv adabiyotlarini tayyorlash, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish, xalqaro konferensiyalar oʻtkazish, xalqaro grantlarda ishtirok etish boʻyicha hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish kelishib olindi.

Shu bilan birga, RTU delegatsiyasi Shinjon agrar professional-texnika institutida “Bir makon, bir yo‘l” Ipak yo‘li dasturi asosida Shinjon Alyans Yevroosiyo o‘quv muassasalarining ikkinchi forumida ishtirok etishdi.

E‘tiborlisi, ushbu forumda rektor Nusratilla Barakayevning so‘zlagan nutqi va qilgan taqdimoti barcha mezbon xalqning Renessans ta’lim universitetiga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini oshirdi.