Robototexnika klubi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Robototexnika klubi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Agar siz texnologiya olamiga qiziqsangiz, o‘z robotingizni yaratishni orzu qilsangiz yoki amaliy loyihalarda ishtirok etishni istasangiz – bu klub aynan siz uchun.
 
Klub mashg‘ulotlari haftaning dushanba va seshanba kunlari bo‘ladi:
🕙 10:00 – 11:20
🕑 14:00 – 15:20
 
Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, o‘z robotini yaratgan tinglovchilarga maxsus sertifikat beriladi.
 
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 29.11.2025-yil, soat 18:00 gacha.
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: t.me/Robototexnika_klubi
 
🔽Klub rahbari Muslima Sodirxonova – Robototexnika bo‘yicha tajribali mutaxassis. Shuningdek, u:
 
✔️Bucheon universiteti bitiruvchisi;
✔️Robototexnika yo‘nalishida bir nechta kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan;
✔️4 yillik o‘qituvchilik faoliyati davomida Thompson School, Registon School, Singapore International School va boshqa maktablarda dars bergan;
✔️1000 dan ortiq iqtidorli shogirdlar tayyorlagan;
✔️Darslarda texnik fikrlash, injiniring va dasturlash ko‘nikmalari amaliy tarzda o‘rgatiladi;
✔️Tajriba yo‘nalishlari: Wedo 2.0 Lego Education, EV3 Lego Mindstorms, Arduino.
 
Texnologiya kelajagiga qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan Renessans ta’lim universitetining barcha talabalarini Robototexnika klubiga taklif etamiz.