Respublika oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida xorijiy tillar va kriptologiya bo‘yicha fan olimpiadasining birinchi bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandi

Respublika oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida xorijiy tillar va kriptologiya bo‘yicha fan olimpiadasining birinchi bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandi

Renessans Ta’lim universitetida respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar bo‘yicha fan olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
Bugun ushbu olimpiadaning g‘oliblari taqdirlanib, ularga universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Nusratilla Barakayev tomonidan diplomlar topshirildi.
Universitetimizda ta’lim olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida xorijiy tillar (ingliz tili) bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasida natijalariga ko‘ra, Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi talabasi Fayzullo Ergashev faxrli 1-o‘rinni, Fotima O‘rolova 2-o‘rinni, Risolat Jaloliddinova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
 
Fan olimpiadasida koreys tili bo‘yicha Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili) yo‘nalishi talabasi Nargiza Sodiqova faxrli 1-o‘rinni, Shahzoda Polvonova 2-o‘rinni, Solijon Abdurashidov esa 3-o‘rinni egalladi.
Olimpiadada Xitoy tili bo‘yicha Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili) yo‘nalishi talabasi Mumtozabegim Alijonova faxrli 1-o‘rin, Dinara Tulaganova 2-o‘rin, Xusnoraxon Xasanova 3-o‘rin sohibasi bo‘lishdi. 
Turli yo‘nalishlar orasida chet tili (ingliz tili) bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasida Eldar Allayarov faxrli 1-o‘rinni, Behruz Bekmirzayev 2-o‘rinni, Mirjalol Usmonov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  
 
Shuningdek, Respublika oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari o‘rtasida kriptologiya bo‘yicha fan olimpiadasining birinchi bosqichi g‘oliblari ham aniqlandi.
 
Fan olimpiadasi natijasiga ko‘ra, Kompyuter ilmlari va kopmyuter texnologiyalari yo‘nalishi talabasi Akmal To‘rayev faxrli 1-o‘ringa, Ilyosbek Ibrohimov 2-o‘ringa, Asliddin Patxullayev 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Olimpiada chet tillari bo‘yicha talabalarning bilim va qobiliyatlarini namoyon etish imkonini berdi.
 
Ushbu olimpiada yoshlarimizning xorijiy tillarga va kriptologiya yo'nalishiga qiziqishini oshirish va bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim tadbir bo‘lib, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam zamin yaratdi.