Respublika konferensiyasida ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari keng muhokama qilinmoqda

Respublika konferensiyasida ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari keng muhokama qilinmoqda

 
Unda Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Alisher Abdullayev “Oliy ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish: yangi bosqich va imkoniyatlar” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi hamda Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi Shaxnoza Xolmaxamatova “Sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish borasidagi vazifalarni huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” masalasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Bundan tashqari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Jamiyat birdamligini ta’minlash bo‘yicha loyihalar bo‘limi” boshlig‘i, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Suxrob Xidirov “Innovatsion va raqamli yechimlar orqali ta’lim sifatini oshirish texnologiyalari” mavzusida so‘z yuritdi.
Mazkur ma’ruzalarda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellektni joriy etish hamda innovatsion yondashuvlar orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar berildi.