Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi: dolzarb masalalar va yangi takliflar

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi: dolzarb masalalar va yangi takliflar

Bugun Renessans ta’lim universitetida o‘tkazilgan “Pedagogik ta’limning ilmiy-metodik muammolari: innovatsion yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi yuksak saviyada o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur anjumanda mamlakatimizning turli hududlaridan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
Konferensiyaning asosiy maqsadi – pedagogik ta’limda dolzarb muammolarni birgalikda muhokama qilish,  ilmiy asoslangan yechimlar taklif etish, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish orqali amaliyotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.
Ayniqsa, raqamli transformatsiya, sun’iy va emotsional intellekt, kognitiv rivojlanish kabi bugungi kun ta’limining eng dolzarb yo‘nalishlari muhokama markazida bo‘ldi.Konferensiya davomida 60 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglandi, yosh olimlarning tadqiqotlari taqdim etildi, ochiq muloqotlar va amaliy muhokamalar o‘tkazildi.
Tadbir davomida ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish va milliy va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirish borasida aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.Ushbu konferensiya ta’lim sohasidagi yangicha yondashuvlar, izlanishlar va hamkorliklar uchun muhim platformaga aylandi.
Shu tariqa, “Pedagogik ta’limning ilmiy-metodik muammolari: innovatsion yondashuvlar va tadqiqotlar” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirgan holda muvaffaqiyatli yakunlandi.