Dunyoning turli nuqtalaridan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va oliy ta’lim mutaxassislari Toshkentda yig‘iladi.
Joriy yilning 17-18-oktabr kunlari Renessans ta'lim universitetida “Filologik tadqiqotlar taraqqiyoti va ta'lim muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Anjuman yangi asrda zamonaviy tilshunoslikning taraqqiyoti, sohaning nazariy va amaliy masalalari, turkiy tillarning shakllanish taraqqiyot bosqichlari, jahon tilshunosligi va tarjimashunoslik muammolari, oʻzbek va qardosh xalqlar adabiyotining dolzarb masalalari hamda filologik ta'limda innovatsion yondashuv masalalari muhokamasiga bag'ishlanadi.
🌍 Konferensiyada AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Finlandiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Misr, Tojikiston, Ozarbayjon kabi 15 dan ortiq davlatlardan 50 dan ziyod yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda.
📌Konferensiya quyidagi yo'nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
🔹Nazariy va amaliy tilshunoslikning dolzarb muammolari;
🔹Til tarixi va turkiy tillar taraqqiyoti masalalari;
🔹Til va adabiyot ta’limida innovatsion yondashuvlar;
🔹O‘zbek va qardosh xalqlar adabiyotining dolzarb masalalari;
🔹Xorijiy tilshunoslik va tarjimashunoslik muammolari.
📆 (https://telegra.ph/Axborot-xati-04-04) Konferensiya materiallari 2025-yil 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.
📤Maqolalar quyidagi manzilga yuboriladi: conference@renessans-edu.uz