Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, salbiy illatlardan asrash va xavfsiz ijtimoiy muhitni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Shu bois, Renessans ta’lim universiteti hamda Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirni universitet rektori, professor Nusratilla Barakayev ochib berdi. U mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi, huquqiy ong va madaniyatni oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda Shayhontohur tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Jasur Shonazarov hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Shavkat Matanov ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbatida ta’lim muassasalari, ichki ishlar organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni huquqiy bilimlar bilan qurollantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarni jadallashtirishdan iborat.