Renessans ta’lim universitetida shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Renessans ta’lim universitetida shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

RTU’da sportga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida turli xil sport turlari doirasida “Rektor kubogi” musobaqalari tashkillashtirilmoqda.

Bu galgi bellashuv aqliy gimnastika deb atalmish “Shaxmat” sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar bor bilim va aql-zakovati, irodasi, shuningdek, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini ishga solishdi.

Sabr-toqat hamda analitik fikrlash qobiliyati sinalgan o‘yinda qatnashchilar stresslarni boshqara bilishdi va maqsadi yo‘lida qat’iy tura olganlar g‘alaba qozonishdi.

Natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin Hakimov Elyor Sirtqi ta’lim fakulteti Sport faoliyati yo‘nalishi talabasi

2-o‘rin Xudayberdiyev Sardor Sirtqi ta’lim fakulteti Sport faoliyati yo‘nalishi talabasi

3-o‘rin Jo‘raqulova Shahinabonu Sirtqi ta’lim fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi talabasi

Jarayon so‘ngida, g‘oliblar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.