Renessans ta’lim universitetida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universitetida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Renessans taʼlim universiteti boshlang‘ich tashkiloti a’zolar, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Yoshlar Kengashining yangi tarkibi tanishtirildi. Yig‘ilish davomida kengash a’zolarining asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, yoshlar bilan ishlashda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Rektor Sh.Nuraliyev Yoshlar Kengashining universitet hayotidagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidlab, ular talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ko‘prik bo‘lishini qayd etdi.
 
Shuningdek, uchrashuvda talabalarning syifatli ta’lim olishini ta’minlash, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish, tashabbuskorlik va mas’uliyat hissini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. 
“Bugungi talaba – ertangi mutaxassis, ertangi jamiyat poydevori”, degan g‘oyadan kelib chiqib, yoshlarga o‘z ustida tinimsiz ishlash, yangiliklarga ochiq bo‘lish, ta’lim jarayonida faol ishtirok etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
 
Tadbir so‘ngida Yoshlar Kengashi a’zolariga muvaffaqiyat tilandi, ularning tashabbus va g‘oyalari universitet ma’muriyati tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.