Renessans ta’lim universitetida yangicha formatda tashkil etilgan ochiq muloqot yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori Shohruh Nuraliyev hamda taniqli siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT, Ozarbayjon va Tojikistonga qilgan tashriflarining mazmun-mohiyati, ularning xalqaro hamkorlik va mintaqaviy barqarorlikdagi o‘rni tahlil qilindi.
Dastlab rektor Shohruh Nuraliyev va mehmon o‘rtasidagi suhbat bo‘lib o‘tdi, so‘ng talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Tadbir yakunida Kamoliddin Rabbimov yoshlarga global voqealarga befarq bo‘lmaslik va Vatan manfaatlarini doimo ustun qo‘yish zarurligini ta’kidladi.Ochiq muloqot yoshlarning tafakkurini kengaytirish va ularni mustaqil fikrlashida muhim ahamiyat kasb etdi.