“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bo'lib o'tgan “Mustaqillik darsi” davomida istiqlol sharofati bilan yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, erishilgan yutuqlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlarda mustaqillikning tarixiy mohiyati va so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samara berayotganligi haqida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Shuningdek, dars jarayonida talabalar bilan savol-javoblar, fikr almashuvlar orqali ularning mustaqillik haqidagi tushunchalari, yurtga bo‘lgan mehr-muhabbati va fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlandi.
Mustaqillik darslarining amaliy ahamiyati shundaki, ular yosh avlod ongida tarixiy xotira, milliy o‘zlik, Vatanga sadoqat va ijtimoiy faollik kabi fazilatlarning shakllanishiga xizmat qiladi.