Zamonaviy bilim va kasbiy mahoratni mukammal egallash istagida bo‘lgan yoshlar uchun yana bir imkoniyat eshigi ochildi. Renessans taʼlim universitetida 2025/2026-oʻquv yili uchun magistratura bosqichiga qabul boshlandi.
Universitet o‘zining yangicha yondashuvi, xalqaro standartlarga mos taʼlim tizimi va zamonaviy infratuzilmasi bilan ajralib turadi.
Endilikda, magistraturada quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olish imkoniyati mavjud:
70230101 - Lingvistika
70410102 - Iqtisodiyot
70410201 - Buxgalteriya hisobi
71010201 - Sport faoliyati
E’tiborlisi shundaki, barcha yo‘nalishlar uchun kontrakt narxi yagona — 19 million so‘m etib belgilangan.
Bu esa, sifatli taʼlimni arzonroq narxda olish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Agar siz ham bilim doirangizni kengaytirish, malakangizni oshirish va kelajakdagi faoliyatingizda muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, Renessans taʼlim universiteti sizni kutmoqda.