Renessans ta’lim universitetida “Komil inson+Mahoratli mutaxassis=Shaxs” formulasi asosida uchrashuv bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 19-noyabr kuni soat 11:30 da Renessans ta’lim universitetida “Turon sivilizasiyasi – o‘zbek milliy madaniyatining ekzistensial mohiyati” mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etiladi.
Mazkur uchrashuvga san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Respublika an’anaviy cholg‘u ijrochiligi ko‘rik-tanlovlari g‘olibi Izzat Yuldashev taklif etilgan.Tadbir Renessans ta’lim universiteti Filologiya va tarix fakulteti, Faollar zalida o‘tkaziladi.