Renessans taʼlim universitetida “Komil inson+Mahoratli mutaxassis=Shaxs” formulasi asosida sayyor dars tashkil etildi

Renessans taʼlim universitetida “Komil inson+Mahoratli mutaxassis=Shaxs” formulasi asosida sayyor dars tashkil etildi

Dunyodagi eng noyob laboratoriyalardan biri boʻlgan, Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining “Katta quyosh sandoni” laboratoriyasida Renessans taʼlim universiteti Moliya-kredit kafedrasi professori Z.Gʻulomov tomonidan sayyor dars tashkil etildi. 
Dunyoda ana shunday majmua faqat 2 ta: biri Fransiyada boʻlsa ikkinchisi – Oʻzbekistonda. Sayyor dars davomida talabalar laboratoriya imkoniyati bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.