Renessans taʼlim universitetida "Finlandiya taʼlim laboratoriyasi" tashkil etildi

Renessans taʼlim universitetida "Finlandiya taʼlim laboratoriyasi" tashkil etildi

Finlyandiya ta’lim eksperti, Yuvaskula universitetining Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti professori Ilkhom Khalimizoda hamda Renessans ta’lim universiteti Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan onlayn muloqotda “Finlyandiya ta’lim tizimi laboratoriyasi”ni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
“Prime Education Finland” kompaniyasi va Renessans ta’lim universiteti hamkorligida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Finlyandiya ta’lim tizimi laboratoriyasi” xalqaro ilg‘or tajribalarni, xususan, Finlandiya ta’lim modeli konseptual yondashuvlarini o‘rganish hamda ularni O‘zbekiston ta’lim tizimi, ijtimoiy-madaniy va pedagogik sharoitlariga integratsiyalashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Muhokama davomida laboratoriyani aniq yo‘l xaritasi va konsepsiya asosida tashkil qilish, ilmiy-metodik va axborot bazasini mustahkamlash, eksponatlar, ko‘rgazmalarga qo‘yiladigan talablarni belgilash va boshqa yo‘nalishlarda takliflar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Finlyandiya tajribasini mahalliy ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish yo‘llari tahlil qilindi.
 
Ushbu yangi laboratoriya xalqaro tajriba va zamonaviy ta’lim tamoyillarini uyg‘unlashtiruvchi markazga aylanadi.