Anjuman o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Nufuzli konferensiyani Renessans ta’lim universiteti rektori Shohruh Nuraliyev tantanali ochib berdi. U ishtirokchilarni mana shunday ahamiyatli muloqot yo‘lga qo‘yilgani bilan tabriklab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Xalqaro konferensiyada mahalliy vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari hamda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Finlandiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Misr, Tojikiston, Ozarbayjon kabi 15 dan ortiq davlatlarning 50 dan ziyod yetakchi olim va mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya mamlakatimizda ta’lim va fan integratsiyasini kuchaytirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zbek filologiyasining xalqaro nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.