Renessans ta’lim universitetida adabiy muhit: Talabalarga ilhom bag‘ishlovchi ijodiy uchrashuv

Renessans ta’lim universitetida adabiy muhit: Talabalarga ilhom bag‘ishlovchi ijodiy uchrashuv

 Renessans ta’lim universitetida adabiy muhit: Talabalarga ilhom bag‘ishlovchi ijodiy uchrashuv

28-noyabr kuni Renessans ta’lim universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yurtimizning taniqli adiblari ishtirokida sermazmun uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari iste’dodli yozuvchi Botirjon Ergashev, o‘zbek adabiyotining faxri Ma’mura Zohidova hamda xalqimiz ardog‘idagi shoir va tarjimon Muhiddin Omon talabalar bilan muloqotda bo‘ldi.

 

Uchrashuvni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akbar Eshmurodov ochib berdi. Mehmonlar Vatanni madh etuvchi she’rlari va qalbga yaqin satrlari orqali talabalarga ilhom ulashib, ular bilan ochiq muloqot qildilar.

Talabalar taniqli yozuvchilar bilan yuzma-yuz suhbatlashish, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi. Uchrashuvning samimiy muhitda o‘tgani, yoshlar qalbida ijodiy uchqun uyg‘otgani sezilib turdi.

Tadbir yakunida universitet rahbariyati tomonidan mehmonlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni ma’naviy kamolot sari yetaklashda muhim ahamiyat kasb etadi.