Renessans ta’lim universitetida 2025/2026-o‘quv yili boshlandi

Renessans ta’lim universitetida 2025/2026-o‘quv yili boshlandi

Yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali tadbir O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi sadosi ostida boshlandi. 
 
Bayramni Renessans ta'lim universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Eshmurodov Akbar Tolliboyevich ochib berdi. U  o'z nutqida barcha talabalarni, ularning ota-onalarini hamda universitet jamoasini yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi.
Tadbirda adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov ham mehmon sifatida ishtirok etdi. U yoshlarga ilm olish va ma’naviy yetuklik yo‘lida intilish zarurligi haqida o‘zining iliq tilaklarini bildirdi.
2025/2026-o‘quv yilida barcha talabalarga muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!