Tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlarida ta’lim va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda sohadagi ilg‘or tajribalar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda.
Xizmat safari doirasida universitet vakillari Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatni tashkil etish, raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish hamda ta’lim jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish borasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishni maqsad qilgan.
Shuningdek, tashrif davomida Xitoydagi oliy ta'lim muassasalari va professional ta'limda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi bitim va memorandumlar imzolash, mavjud kelishuvlar ijrosini ta’minlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan.