Shu kunlarda Renessans ta’lim universitetining bir guruh o‘qituvchilari Xitoyning Pekin shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Mazkur xizmat safari “Ipak yo‘li bilan bog‘lanish – Xitoy va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasidagi madaniy tajriba almashinuvi” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
Dastur asosida Renessans ta’lim universitetining 11 nafar o‘qituvchisi 10 kun davomida Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib, hamkasblari bilan amaliy tajriba almashadi.
Safar davomida o‘qituvchilar ta’lim va ilmiy yo‘nalishlarda fikr almashish, Xitoyning tarixiy-madaniy obidalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.
Bunday xalqaro almashinuv dasturlari o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirish hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.