Renessans ta’lim universiteti vakillari “O‘zbekiston rivojlanish taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni" mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasida ishtirok etdi

Renessans ta’lim universiteti vakillari “O‘zbekiston rivojlanish taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni" mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasida ishtirok etdi

Renessans ta’lim universiteti o‘qituvchisi, texnika fanlari nomzodi Nigora Ergasheva “O‘zbekiston rivojlanish taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni" mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasida ishtirok etdi.
 
Mazkur nufuzli anjumanda vakilimiz “O‘zbekiston taraqqiyotida o‘zbek dizayner ayollarining o‘rni va yutuqlari” mavzusida ma’ruza qilib, ushbu yo‘nalishda erishilayotgan yutuqlar, soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimiz faoliyati haqida ilmiy, tahliliy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir davomida universitetimiz Libos dizayni yo‘nalishi talabalari tomonidan milliy merosimizni qayta tiklashga oid ijodiy ishlarning namoyishi ham bo‘lib o‘tdi. 
Nigora Ergashevaning chiqishi, talabalarimizning namoyishlari ishtirokchilarda, xususan, xorijiy mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. 
Jumladan, Turkiyadagi “O‘zbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish” jamiyati vakili Ozoda Islamova Renessans ta’lim universiteti talabalarining ijodiy ishlari namoyishini Turkiyada o‘tkazish taklifini berdi.