Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida Renessans ta’lim universiteti Sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi Farhod Alimov hakam sifatida ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 20 ta sport turi bo‘yicha 183 nafar sportchi bilan qatnashmoqda.
Vakilimizning ushbu xalqaro miqyosdagi musobaqada hakam sifatida ishtiroki mamlakatimiz sport sohasi rivojida, shuningdek, Renessans ta’lim universitetining xalqaro nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.