Renessans ta’lim universiteti va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o'zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Renessans ta’lim universiteti va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o'zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Renessans ta’lim universitetida "Taraqqiyot strategiyasi" markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Markaz rahbari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari va ahamiyati haqida taqdimot o‘tkazdi.
Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Renessans ta’lim universiteti o'rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.
Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borishga kelishib olindi:
📌 Tadbirlar tashkil etish – Davlat muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, fuqarolik jamiyati vakillari va ekspertlar ishtirokida seminarlar, treninglar va davra suhbatlari o‘tkaziladi.
📌 Xalqaro tajribani o‘rganish – Yetakchi xorijiy ekspertlar jalb qilinib, ilg‘or xalqaro standartlar asosida tahlillar olib boriladi.
📌 Ilmiy izlanishlar va nashrlar – Strategiyaning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar, tahliliy materiallar va maqolalar tayyorlanadi.
📌 Axborot tarqatish – O‘zbekiston va xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida qo‘shma maqolalar, matbuot anjumanlari tashkil qilinadi.
📌 Kadrlar malakasini oshirish – Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlari qo‘llab-quvvatlanadi.
Shuningdek, tomonlar kelgusida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ham ishlab chiqishlari mumkin. Mazkur memorandum oliy ta’lim va innovatsiyalar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.