Renessans ta’lim universiteti va Karabük universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Renessans ta’lim universiteti va Karabük universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Renessans ta’lim universiteti va Karabük universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘tgan hafta davomida Renessans ta’lim universiteti vakillari Turkiyaga muhim tashrifni amalga oshirib, qator universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi. Ana shunday qadamlardan biri Karabük universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi bo‘ldi.

Mazkur memorandum ta’lim va tadqiqot sohalarida ikki davlat universitetlari o‘rtasida yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Tashrif chog‘ida Renessans ta’lim universiteti rektori, professor N.Barakayev tomonidan muhandislikka oid ilmiy nashrlar Karabük universiteti rektori, professor Fotih Kirisikka taqdim etildi.

Tashrif davomida universitetimiz faoliyatiga bag‘ishlangan video lavhalar, ko‘rgazmali materiallar, universitetimizda professor-o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar xususida alohida ta’kidlandi.

Karabük universiteti o‘zining yuqori texnologiyali laboratoriyalari va xalqaro miqyosdagi tadqiqot markazlari bilan tanilgan. Ular mehmonlarga sog‘liqni saqlash, muhandislik va tabiiy fanlar bo‘yicha innovatsion tadqiqotlar olib borish imkoniyatlarini namoyish etdi.

Mazkur hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi ilm-fan va ta’lim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Bu esa nafaqat talaba va professor-o‘qituvchilar uchun, balki butun ta’lim tizimi uchun yangi marralarni ochib beradi.