Turkiyaning nufuzli Balikesir universitetidan ilm-fan sohasidagi yetakchi olimlar – ilmiy tadqiqot markazi direktorlari va kafedra mudirlari Renessans ta’lim universitetiga tashrif buyurdi. Bu uchrashuv “Turk dunyosi akademik harakatchanligi dasturi” doirasida tashkil etildi.
Tashrif davomida ikki tomonlama ilmiy hamkorlik aloqalari mustahkamlandi. Professor-o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashdi, birgalikda maqolalar yozish, darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish, hamda yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Seminar va davra suhbatlari natijasida 30 dan ortiq ilmiy maqola, 5 ta kitob va bir nechta ilmiy loyiha tayyorlandi. Bu esa ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning yorqin natijasidir.