Renessans ta’lim universiteti tyutorlari tomonidan talabalarning yashash sharoitlari muntazam o‘rganilmoqda

Renessans ta’lim universiteti tyutorlari tomonidan talabalarning yashash sharoitlari muntazam o‘rganilmoqda

Talabalar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy farovonligini ta’minlash maqsadida doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon har bir talaba uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlashga qaratilgan.
 
Xususan, Filologiya va tarix fakulteti tyutorlari S.A’zamova, H.Alisherov, M.Baxtiyorov va O.Qo‘chqorov, Matematika va iqtisod fakulteti tyutori S.Haydarova tomonidan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Isitish tizimi, elektr va gaz jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish berildi.
 
O‘rganishlar natijasida talabalarimizning yashash sharoitlari sezilarli darajada yaxshilanib bormoqda. Ularning qulay va sog‘lom muhitda istiqomat qilishlari doimiy e’tiborda bo‘lib, bu boradagi ishlar tizimli davom ettirilmoqda.