Renessans ta’lim universiteti talabasi CAVA College University Volleyball Championship 2025 – Markaziy Osiyo chempioni bo‘ldi

Renessans ta’lim universiteti talabasi CAVA College University Volleyball Championship 2025 – Markaziy Osiyo chempioni bo‘ldi

Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan CAVA College University Volleyball Championship 2025 – Markaziy Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Renessans ta’lim universiteti talabasi Umirbek Raximov faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 
 
 
Shuningdek, sportchimiz musobaqaning eng nufuzli “Most Valuable Player” – “Eng yaxshi o‘yinchi” hamda “Eng qimmat o‘yinchi” nominatsiyalariga sazovor bo‘ldi. 
Yakuniy natijalar: 
Birinchi oʻrin – O'zbekiston
Ikkinchi oʻrin – Turkmaniston
Uchinchi oʻrin – XIU VC
 
Universitetimiz jamoasi sportchi talabamizni ushbu yutuq bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.