Renessans ta’lim universiteti talabalari xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi 

Renessans ta’lim universiteti talabalari xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi 

Xalqaro hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ygan Renessans ta’lim universiteti bugun o‘z safida yuksak natijalarga erishayotgan, tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni jamlagan yetakchi oliygohlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
 
Universitetimiz talabalari xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ham o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda. Shu bilan birga, ular qo‘shma dasturlar asosida xalqaro miqyosdagi nufuzli universitetlarda ta’lim olmoqdalar.
 
Shular qatorida, universitetimizning 1-bosqich talabasi Shahriyor Qarshiboyev ham Xitoyning Shinjiang universitetida ta’lim olish uchun 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi.
“Bu natijaga erishishimda ustozlarimning qo‘llab-quvvatlashi va universitetdagi imkoniyatlar muhim rol o‘ynadi. O‘qish jarayonida biz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Men bu grantni o‘z ustozlarim va universitetim ishonchining natijasi deb bilaman”, – deydi Shahriyor.
 
Shuningdek, universitetimiz bitiruvchisi Muhammad Yasin ham bakalavr bosqichini a’lo baholar bilan tamomlab, Turkiyaning Istanbul Kent universiteti magistratura bosqichida o‘qish uchun 100 foizlik grant sohibiga aylandi.
 
Renessans ta’lim universitetida o‘qish men uchun hayotimdagi eng muhim voqealardan biri bo‘ldi. Universitetimizda yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik dasturlari va ustozlarimning qo‘llab-quvvatlashi menga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Endi Istanbul Kent universitetida zamonaviy bilimlarni chuqur o‘rganib, kelajakda yurtimiz rivojiga hissa qo‘shmoqchiman”, – deydi Muhammad Yasin. 
 
Renessans ta’lim universitetining bunday yutuqlari ta’lim jarayonida yaratilgan keng imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik aloqalari va professor-o'qituvchilarimiz fidoyiligining amaliy natijasidir.