Renessans taʼlim universiteti talabalari Xitoyda: “China Bridge” loyihasida

Renessans taʼlim universiteti talabalari Xitoyda: “China Bridge” loyihasida

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Renessans taʼlim universiteti talabalari “China Bridge” loyihasi doirasida Xitoyning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etmoqda.
 
Rejaga muvofiq, xitoy tili darslari, Xitoy geografiyasi va madaniyati bo‘yicha ma’ruzalar, xorijiy va mahalliy talabalar bilan muloqot, Xitoy oliy ta’lim muassasalariga ekskursiyalar, tarixiy obidalar hamda tabiat maskanlariga sayohatlar tashkil etiladi.