Rossiyaning Chuvashiya Respublikasi Novocheboksarsk shahrida milliy yakkakurash turlari bo‘yicha II Butunjahon o‘yinlari bo‘lib o'tdi.
5–12-oktabr kunlari davom etgan ushbu musobaqalarda 4,5 mingdan ortiq sportchi medallar uchun bahs olib bordi. O‘yinlarda dunyo bo‘ylab 39 ta mamlakatdan kelgan sportchilar 17 ta yakkakurash turi bo‘yicha bellashdilar.
Quvonarlisi, musobaqada Renessans ta’lim universiteti “Sport faoliyati” kafedrasi 1-bosqich magistranti Akromjon Alijonov 57 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, ushbu kafedraning professori X.Xodjamqulov murabbiyligidagi Taekvondo WT yo‘nalishi talabalari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida taekvondo bo‘yicha bo֫lib o‘tgan “Rektor kubogi” musobaqasida 70 ga yaqin taekvondochilar orasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Talabalarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz. Renessans ta’lim universiteti sizlar bilan faxrlanadi.