Ular universitet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Xususan, ingliz tili to‘garagida mashg‘ulotlar jadval asosida haftaning dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari IELTS imtihonidan 8.5 ballni (C2) qo‘lga kiritgan Gulira’no To‘rabekova tomonidan olib boriladi. Bugun ham mazkur to‘garak mashg‘ulotlari davom etdi.
Ha, aytgancha, talabalar darslarda grammatika, leksika, talaffuz, audio va video materiallar bilan ishlashni o‘rgangan holda ingliz tili bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutq madaniyatini oshirish hamda xalqaro darajada erkin muloqot qilish darajasiga chiqishlari, xalqaro imtihonlarga (IELTS, TOEFL) tayyorlanishlari mumkin.
2024-yilda mamlakatimizda IELTS imtihonida yuqori ball olgan talabalar soni oshgan bo‘lib, 13,4 ming ishtirokchi 7–8 ball, 300 dan ortiq kishi 8,5 va undan yuqori natijaga erishdi. Bu yil ham ko‘proq yoshlar ingliz tilini C1 va C2 darajasiga chiqarmoqchi. Sizda ham shunday imkoniyat bor. Renessans ta’lim universiteti buni sizga taqdim etadi.
Muhim jihati shundaki, mazkur til to‘garagi mutlaqo bepul.