2025-yil may oyida Renessans ta’lim universitetida ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va xalqaro yo‘nalishlarda qator muhim tadbirlar amalga oshirildi:
📅 5–6-may– Universitet mezbonligida Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium yuqori saviyada tashkil etildi. Unda xorijiy va mahalliy olimlar, mutaxassislar hamda ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdilar.
📅 7-may– Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
📅 8-may– Milliy sport va oliy ta’lim integratsiyasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📅 9-may– Simpozium mehmonlari uchun Samarqand shahriga tashkillashtirilgan madaniy-ma’rifiy sayohat amalga oshirildi.
📅 16-may– Universitet vakillari Xitoyda bo‘lib o‘tgan Hamkorlik konferensiyasida ishtirok etib, xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.
📅 19-may– Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilib, unda turli oliy ta’lim muassasalari vakillari ilmiy tajriba almashdilar.
📅 21-may– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi G‘ayrat Shoumarov ishtirokida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
📅 24-may– "TalabaExpo – 2025" ko‘rgazmasida talabalar tomonidan yaratilgan loyihalar va startaplar namoyish qilindi.
📅 29-may– Universitet miqyosidagi “Zakovat ligasi” intellektual turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.– Talabalar bilan Bobirjon Odiljonovich ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.
📅 30-may– Kitobxonlik yarmarkasi va “Universitetning eng bilimdon kitobxoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
📅 31-may– Arslon Ismoilovich ishtirokida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
📌 Renessans ta’lim universiteti – yangi marralar, har kun – yangi imkoniyatlar!
🏛 Renessans ta’lim universiteti matbuot xizmati