Bugun, 30-yanvar kuni O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi, belaruslik tajribali mutaxassis Mixail Kavalenko Renessans ta’lim universitetiga tashrif buyurdi. U universitet rektori, professor Nusratilla Barakayev bilan uchrashib, voleybolning rivoji va kelgusidagi rejalar borasida fikr almashdi.
Uchrashuv davomida sport va ta’lim integratsiyasi hamda Renessans ta’lim universitetida voleybolni yanada ommalashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh sportchilarni tayyorlash va xalqaro tajriba almashinuvi kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Renessans ta’lim universiteti hamda О‘zbekiston voleybol federatsiyasi о‘rtasidagi 2024-2027-yillarga mо‘ljallangan о‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolangan edi.