O‘zbekiston milliy terma jamoasi orzusiga yetdi — ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l oldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi orzusiga yetdi — ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l oldi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda yurtimiz vakillari Qatarni 3:0 hisobida mag‘lub etib, saralash bosqichiga yakun yasadi.
Renessans taʼlim universiteti jamoasi ham bu tarixiy lahzani hayajon bilan kuzatdi. Talabalarimiz shahrimiz markazidagi katta ekran atrofida to‘planib, jamoamizni qo‘llab-quvvatladi. O‘yinning har bir daqiqasi, har bir goli ularga kuch, g‘urur bag‘ishladi.
🎉 "Bunyodkor" stadionidagi bayram esa yana bir tarixiy sahifaga aylandi. Davlatimiz rahbari milliy terma jamoamiz a’zolarini "O‘zbekiston iftixori" unvoni bilan taqdirladi.
Shuningdek, murabbiylar va futbolchilarga BYD avtomobillari ham sovg‘a qilindi — bu esa mehnatga berilgan munosib baho bo‘ldi. 🇺🇿 G‘alaba yana bir bor muborak bo'lsin!