O‘zbekiston Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati: “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!”
Joriy yilning 29-noyabr kuni Renessans ta’lim universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligini yuksak darajada nishonlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy g‘oyasi, ya’ni Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi ekanligi, mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, kelgusi rivojlanish strategiyalari haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda Shayxontohur tumani sudi sudyasi Sanjar Nishonov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi rais o‘rinbosari Jasurbek Mamayusupov, “Mirzayeva Law Partners” advokati Lola Mirzayeva va “Haqiqat Maskani” advokatlik byurosi advokati Amrullo Axmedovlar ishtirok etdilar.
Ma’ruzachilar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Ular Konstitutsiya orqali inson huquqlari va erkinliklari borasida amalga oshirilgan tub islohotlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan yutuqlar xususida fikr bildirdilar.
Tadbir ishtirokchilari Konstitutsiyaning zamonaviy talablarga mos ravishda o‘zgarishi, yangi tahrirdagi normativ-huquqiy asoslarning jamiyatni yanada farovon qilish yo‘lidagi o‘zgarish ekanligini ma’lum qildilar. Shuningdek, “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori bugungi va kelajakdagi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy tamoyili sifatida ta’kidlandi.