O‘zbekiston davlat tabiat muzeyiga ekskursiya uyushtirildi

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyiga ekskursiya uyushtirildi

Renessans ta’lim universiteti Pedagogika fakulteti tyutori S.Xo‘jamberdiyev tashabbusi bilan 2-25 BT guruhi talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston davlat tabiat muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. 
Ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirish jarayonida talabalar muzey faoliyati, bu yerdagi bo‘limlar bilan tanishdi. Eksponatlar, ekspozitsiyaga qo‘yilgan namunalarni ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislardan mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlar olish va shu orqali bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish imkoniga ega bo‘ldi. 
Bunday ekskursiyalar talabalarning tabiatga oid bilimlarini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Olingan taassurotlar ularning kelgusidagi ta’lim jarayonida muhim o‘rin egallashi shubhasiz.