Renessans ta’lim universiteti jamoasi barchangizni 21-oktabr – О‘zbek tili bayrami hamda о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
Ko‘p millatli xalqimizni yagona Vatan, tinchlik va farovonlik yo‘lida birlashtirib kelayotgan ona tilimiz – milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsolidir. Ona tilimizning qadri va nufuzi hamisha yuksak bo‘lsin!