“Ogohlik va hushyorlik – davr talabi”

“Ogohlik va hushyorlik – davr talabi”

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Renessans ta’lim universitetida “Ogohlik va hushyorlik – davr talabi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Eshmurodov, rektor maslahatchisi Z.Xoliqov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi J.Meliqo‘ziyev, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida ta’kidlandiki, mamlakatimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida kamol toptirish, ularni ma’naviyatimizga yot zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashga alohida e’tibor qaratish zarur. Hozirgi ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib, internet tarmoqlaridagi xizmatlardan foydalanuvchilar orasida yoshlarning tobora ortib borishi, bu borada har birimizni yanada hushyorroq va ogoh bo‘lishimizni talab etmoqda. Har bir narsani ijobiy va salbiy tomoni bo‘lganidek, ijtimoiy tarmoqlar ham yaxshilikka yoki yomonlikka xizmat qilishi mumkin. Bizning vazifamiz yoshlarni  ezgu yo‘lda xizmat qildirish choralarini ko‘rish, uning zararlaridan cheklashga harakat qilishdir. 
 
Tadbirda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatli jihatlari xususida ma’lumotlar berildi. Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini taminlash, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bugungi kunning asosiy vazifasi ekanligi ta’kidlandi.
 
Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.