Renessans ta’lim universiteti jamoasi O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, PhD, professor Narziyev Shovkiddin Murtozayevichni yuksak e’tirof — Turon fanlar akademiyasi akademigi unvoni bilan samimiy tabriklaydi.
Bu unvon ustozimizning ta’lim, ilmiy tadqiqot va fan rivojidagi faol ishtiroki, darslik va qo‘llanmalari, mehnatni muhofaza qilish sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlashdagi fidokorona mehnati, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi samarali ishlariga munosib bahodir.
Turon Fanlar akademiyasi Prezidiumining qaroriga binoan berilgan ushbu e’tirof — nafaqat professorimiz, balki universitetimiz jamoasi uchun katta faxr.
Hurmatli Shovkiddin Murtozayevich, Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, ijodiy yuksalish va barcha ishlaringizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz.