Renessans ta’lim universiteti professor-o‘qituvchisi Choy “Ta’limda sun’iy intellekt” mavzusida ma’ruza qilib, zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish va ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, texnika fanlari doktori Jamoljon Djumаnov “Oliy ta’limda “Geoaxborot tizimlari” fanini intellektual va ilg‘or raqamli texnologiyalar asosida adaptiv o‘qitishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi. Unda raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishning ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatlari yoritib berildi.
Shuningdek, Italiya Xalqaro madaniyat uyushmasi “Progetto Angeli” tashkiloti prezidenti Aida Abdullayeva “Bugungi kunda dizayn sohasida innovatsion yondashuvlar” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida dizayn yo‘nalishida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, kreativ tafakkurni rivojlantirish va zamonaviy ta’limda ijodiy yondashuvlarning o‘rniga to‘xtalib o‘tdi.