Konferensiya doirasida yo‘nalish majlislari o‘tkazildi

Konferensiya doirasida yo‘nalish majlislari o‘tkazildi

Ularda yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanishning nazariy asoslari, ekologik xavfsizlik, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit muhofazasi, shuningdek, raqamli texnologiyalarni bank va moliya tizimiga integratsiya qilish orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish masalalarida so‘z yuritildi.
Yo‘nalishlarda quyidagi mavzular muhokama etildi:
🔹 Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish nazariy asoslari;
🔹 Ekologik xavfsizlik va iqlim o‘zgarishi;
🔹 Raqamli texnologiyalar orqali bank-moliya tizimini rivojlantirish;
🔹 Yashil iqtisodiyotda moliyaviy institutlarning o‘rni.
Yo‘nalish yig‘ilishlarida “Raqamli diplomatiya va yashil iqtisodiyot-zamonaviy dunyoda yumshoq kuchning yangi qirralari: O‘zbekiston, Turkiya va Xitoy misolida qiyosiy tahlil”, “Korporativ boshqaruv bankning investitsion jozibadorligiga ta’sir etuvchi omillar” kabi  mavzulardagi dolzarb ma’ruzalar tinglandi.