Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sarvar Mo‘minov “Maktab ta’limida axborot texnologiyalari va raqamlashtirish istiqbollari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Unda maktab ta’limida raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish, ta’lim sifatini oshirishda AKTning o‘rni hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar xususida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkentdagi filiali professori, pedagogika fanlari doktori Vinera Karimova “Generativ sun'iy intellekt oliy ta'limni raqamli transformatsiya qilish vositasi sifatida” mavzusida ma’ruza qildi. Unda generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayonlarini optimallashtirish hamda o‘qitish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritildi.
Ularning ma’ruzalari raqamli ta’limning yangi bosqichga ko‘tarilishida zamonaviy texnologiyalarni samarali qo‘llash, shuningdek, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni innovatsion shakllarda tashkil etish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi.