"Ilmiy izlanish va kashfiyotlar ahamiyati" mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi

"Ilmiy izlanish va kashfiyotlar ahamiyati" mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi

15-yanvar kuni Renessans ta’lim universitetida “Akademik bilan uchrashuv” loyihasi doirasida qiziqarli suhbat tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, professor Anatoliy Sagdullayev “Ilmiy izlanish va kashfiyotlar ahamiyati” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Universitet rektori, professor Nusratilla Barakayev so‘zga chiqib, ilm-fanning jamiyat rivojidagi o‘rni haqida fikr bildirdi. 
Professor Anatoliy Sagdullayev zamonaviy kashfiyotlar va ularning insoniyat hayotidagi ahamiyatini haqida so‘z yuritdi.  Uning fikricha, ilmiy izlanishlar jamiyatni rivojlantiradi, global masalalarni hal etishga yordam beradi. 
Shuningdek, u “Ilmiy izlanish va kashfiyotlarning ahamiyati shundaki, ular orqali insoniyat kelajagini innovatsiyalar va texnologik yutuqlar bilan boyitish imkoniyati yaratiladi”, – deya ta’kidladi.
 
Universitetimizda o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytiradi.