Finlandiya ta’lim laboratoriyasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

Finlandiya ta’lim laboratoriyasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

Renessans ta’lim universiteti Findlandiyaning "Prime Education Finland" markazi bilan birgalikda muntazam ta’lim loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. Shu asosda universitetimizda “Finlandiya ta’lim laboratoriyasi” tashkil etilgan.
Yaqinda ushbu laboratoriyada dastlabki amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Uni "Prime Education Finland" markazi direktori Ilhom Halimzoda olib bordi. U Finlandiya ta’lim tizimi, o‘qitish metodikasi, zamonaviy darsliklar va qo‘shimcha adabiyotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Finlandiya maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan interfaol o‘yinlar hamda amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi.
Finlandiya ta’lim modelining ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganilishi va uni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish – mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda yoshlar uchun yanada samarali o‘quv muhitini yaratishga xizmat qiladi.