"Dolzarb 90 kun": Talaba-yoshlar orasida kiberjinoyatchilikni oldini olishning dolzarb vazifalari muhokama qilindi

"Dolzarb 90 kun": Talaba-yoshlar orasida kiberjinoyatchilikni oldini olishning dolzarb vazifalari muhokama qilindi

Renessans taʼlim universitetida talabalar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni internetdagi tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda sohaning malakali mutaxassislari — Shayxontohur tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi kiberxavfsizlik bo‘linmasi boshlig‘i, katta leytenant S.Turdiyev, bo‘lim inspektori Sh.Abduhalimov va Sirdaryo viloyati IIB kiberxavfsizlik bo‘linmasi tezkor xodimi D.Otaqulov ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlarga internet olamidagi eng ko‘p tarqalayotgan jinoyatlar, feyk axborot, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, internet orqali pul talab qilish kabi tahdidlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
— Bugungi kunda kiberjinoyatchilik yoshlar orasida jiddiy muammoga aylanmoqda. Har bir yosh o‘zini himoya qilish uchun internetda ehtiyotkor bo‘lishi zarur, — dedi katta leytenant S.Turdiyev.
 
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, ularga kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Mutaxassislar yoshlarni muntazam ravishda internet madaniyatini o‘rganib borishga, shubhali holatlarda esa tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga chaqirdi.